Virtual qabulxona

Fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi ijtimoiy buyurtmalar tanlovi 

Asosiy yangiliklar 879 marta körilgan

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi nodavlat notijorat tashkilotlari uchun “Korrupsiyaga qarshi fuqarolik tashabbuslari: surishtiruv jurnalistikasi va muqobil monitoring” nomli tanlov e’lon qilinadi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi “Ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisida”gi qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-dekabrdagi PF-270-son Farmoni.

Tanlovga fuqarolik jamiyati institutlarining quyidagi yo‘nalishlar bo'yicha loyihalari qabul qilinadi:

  1. “BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi qoidalarining bajarilishini monitoring qilish va muqobil baholash tizimini yo‘lga qo‘yish”
  • BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi talablarini monitoring qilish metodologiyasini ishlab chiqish;
  • Konvensiya qoidalarining bajarilishi yuzasidan muqobil hisobotni tayyorlash
    (4 ta modda bo‘yicha) va o‘zbek, rus va ingliz tillarida e’lon qilish;
  • Monitoring natijalari yuzasidan taqdimot va muhokama tadbirini tashkil etish.
  1. “Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida surishtiruv jurnalistikasini tashkil etish va amalga oshirish metodologiyasini ishlab chiqish”
  • Korrupsiyaga oid surishtiruv jurnalistikasini tashkil etish va amalga oshirish metodologiyasini ishlab chiqish;
  • Surishtiruv jurnalistikasi bo‘yicha amaliy qo‘llanma va namunaviy materiallar to‘plamini tayyorlash;
  • Metodologiya taqdimoti va muhokamasiga bag‘ishlangan ochiq tadbirni tashkil etish.

Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori — 100 000 000 so‘mgacha.

NomiYuklab olish
Ariza shakliDOCXYuklab olish: Ariza shakli, DOCX

Hujjat topshirish havolasi

Hujjatlar 2026-yil 19-avgustga qadar qabul qilinadi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasi asosida amalga oshiriladigan loyihalar uchun nodavlat notijorat tashkilotlaridan takliflar qabul qilish bo‘yicha Tanlov shartlari

Tanlov shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-fevraldagi 135-son qarori asosida tasdiqlangan “Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat organlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasi berish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga asosan ishlab chiqilgan.

Nodavlat notijorat tashkilotlari (siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari va diniy tashkilotlar bundan mustasno) quyidagi tanlov mavzularida tashabbusli loyihalarni amalga oshirish uchun davlat ijtimoiy buyurtmasini olish toʻgʻrisida ilovaga muvofiq shakldagi loyiha takliflari qabul qilinadi.

  1. “BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi qoidalarining bajarilishini monitoring qilish va muqobil baholash tizimini yo‘lga qo‘yish”
  • BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi talablarini monitoring qilish metodologiyasini ishlab chiqish;
  • Konvensiya qoidalarining bajarilishi yuzasidan muqobil hisobotni tayyorlash
    (4 ta modda bo‘yicha) va o‘zbek, rus va ingliz tillarida e’lon qilish;
  • Monitoring natijalari yuzasidan taqdimot va muhokama tadbirini tashkil etish.
  1. “Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida surishtiruv jurnalistikasini tashkil etish va amalga oshirish metodologiyasini ishlab chiqish”
  • Korrupsiyaga oid surishtiruv jurnalistikasini tashkil etish va amalga oshirish metodologiyasini ishlab chiqish;
  • Surishtiruv jurnalistikasi bo‘yicha amaliy qo‘llanma va namunaviy materiallar to‘plamini tayyorlash;
  • Metodologiya taqdimoti va muhokamasiga bag‘ishlangan ochiq tadbirni tashkil etish.

Loyiha taklifiga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi talab etiladi:

  1. davlat ijtimoiy buyurtmasining zarurati va uni bajarishning batafsil tasnifi;
  2. davlat roʻyxatidan oʻtganlik haqidagi guvohnoma nusxasi;
  3. qarzdorlik mavjud emasligi haqida davlat soliq inspeksiyasi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotnoma;
  4. maxsus ruxsatnoma (litsenziya) nusxasi, agar davlat ijtimoiy buyurtmasi doirasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya) talab etilsa.

Nodavlat notijorat tashkilotining tashabbusi bilan boshqa hujjatlar (sertifikatlar, oʻtkazilgan tekshirishlar boʻyicha maʼlumotlar va boshqalar) ham taqdim qilinishi mumkin.

Loyihalarni ko‘rib chiqish tartibi:

Agentlik huzuridagi Jamoatchilik kengashi kiritilgan loyiha taklifini oʻn ish kuni ichida quyidagi mezonlar asosida koʻrib chiqadi va baholaydi:

  • davlat ijtimoiy buyurtmasini olish toʻgʻrisidagi loyiha taklifining davlat organi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlariga muvofiqligi;
  • tegishli soha va tarmoqlardagi mavjud muammolarning dolzarbligi va aniq yoritilganligi;
  • muammolarning taʼsirchan yechimi boʻyicha takliflarning ilmiy asoslanganligi, samaradorligi va noyobligi;
  • loyiha taklifini amalga oshirish xarajatining asoslantirilganligi;
  • nodavlat notijorat tashkilotining taqdim qilgan loyiha taklifini amalga oshirish qobiliyati.

Loyiha taklifi jamoatchilik kengashi tomonidan har bir mezon boʻyicha “1” balldan “5” ballgacha baholanadi.

Toʻplangan ballar jami ballning 81 foizidan yuqorisini tashkil etsa, taklif ijobiy baholangan deb topiladi.

Loyiha taklifi jamoatchilik kengashi tomonidan ilovadagi har bir mezon boʻyicha ijobiy baholangan taqdirda, bir ish kuni ichida uning tashabbuskoriga Agentlikning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining ming baravarigacha miqdorda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish orqali ijtimoiy buyurtma berilishi toʻgʻrisida jamoatchilik kengashining qarori qabul qilinadi.

NomiYuklab olish
Ariza shakliDOCXYuklab olish: Ariza shakli, DOCX

Hujjat topshirish havolasi

Öxşaş materiallar